Endilikda viza olishda yangi majburiy to‘lov — Visa Integrity Fee to‘lanishi kerak. Bu choralar AQSh hukumatining soliqlar va xarajatlar to‘g‘risidagi Big Beautiful Bill qonunida nazarda tutilgan bo‘lib, uni prezident Donald Tramp 2025 yil iyul oyida imzolagan edi.
Qayd etilishicha, 2025 yil oktyabrdan 2026 yil oktyabrgacha bo‘lgan moliyaviy yilda ushbu to‘lov miqdori kamida 250 dollarni tashkil qiladi.
Qonunda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi o‘z ixtiyoriga ko‘ra bu summani oshirish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.