AQSh Kolorado daryosi suvidan foydalanuvchilarga cheklovlar o‘rnatmoqchi, bu suvdan 40 million aholi hamda 10 ming kvadrat kilometrdan ziyod ekin maydonlarini suv va elektr energiyasi bilan ta’minlashda foydalaniladi. Taqiqlar 2022 yil yanvar oyida mamlakatdagi eng yirik suv omborlari – Kolorado daryosidagi Mead va Pauyellning sayozlashi tufayli kuchga kiradi.
2016 yildan beri suv omborlarining sig‘imi 60% ga kamaygan, deya ma’lumot beradi AQSh meliorativ byurosi.
Daryoga chegaradosh shtatlardan Arizona ko‘proq zarar ko‘rib, shtat suv ta’minotining 18 foizini yo‘qotadi. Deyarli barcha cheklovlar dalalarni sug‘orish uchun suv ishlatadigan dehqonlarga qaratilgan.
Rasmiylar yaqin orada cheklovlar kuchaytirilishini rad etmagan, chunki vaziyat yomonlashmoqda. Hozir AQShning g‘arbiy qismining 98 foizi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda, hududning 64 foizi o‘ta qurg‘oqchil sharoitida, suv sathining pasayishi tufayli Kolorado daryosidagi gidroyelektrostansiyalarni to‘xtab qolish xavfi ham mavjud.