Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSh 2021 yilda JSSTdan chiqishini aytdi 

AQSh  2021 yilda JSSTdan chiqishini aytdi 

Vashington BMTni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini 2021 yil 6 iyulda tark etishidan xabardor qildi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.  

“AQSh 2020 yil 6 iyulda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1946 yilda ta’sis etilganda mas’ul shaxs sifatida tayinlangan BMT bosh kotibini JSSTdan chiqishi haqida xabardor qildi. Bu qaror 2021 yil 6 iyuldan kuchga kiradi”, deb ma’lum qilgan Dyujarrik. 

Uning ta’kidlashicha, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning JSSTdan chiqish bo‘yicha barcha shartlarni bajarishini tekshirishi lozim.

“Bu shartlar tashkilotdan chiqish haqida bir yil oldin xabardor qilish va tashkilot oldidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘liq uzishni o‘z ichiga oladi”, deb ta’kidlab o‘tgan BMT vakili. 

Aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp JSSTni koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblagandi va shu sababli xalqaro tashkilotga badal kiritishni to‘xtatishni buyurgandi.

Keyinroq Oq uy rahbari JSST 30 kun ichida o‘z faoliyatini yaxshilamasa, unda tashkilotni moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatish bilan tahdid qilgan. 

Evropa ittifoqi bu masalada JSST tomonini olgan va pandemiya vaqtida uning faoliyatini tahlil qilishni keyinroqqa qoldirishga chaqirgan.

Kiritildi: 10:15 08.07.2020. O'qildi: 1987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!