Qo‘shma Shtatlar harbiylari prezident Donald Tramp ko‘rsatmasi bilan Eronga qarshi navbatdagi zarbalarni amalga oshirib, shu tariqa ketma-ket 12-kecha davom etgan hujumlarni yakunladi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hujumlar davomida Eronning dengizdagi harbiy imkoniyatlari, raketa va dronlar saqlanadigan omborlari, sohil kuzatuv nuqtalari hamda havo mudofaa tizimlari nishonga olingan.
Bayonotga ko‘ra, iyul oyi davomida AQSh qurolli kuchlari quruqlikda Eronning o‘nlab harbiy ob’ektlariga zarba bergan, shu bilan birga dengizda Eronga qarshi blokadani qayta tiklagan. Harbiylar so‘nggi zarbalar taxminan 5 soat davom etganini bildirgan.