Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Apple yangi mahsulotlarining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Apple yangi mahsulotlarining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Apple yangi mahsulotlarining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi. Kompaniya har yili o‘tkaziladigan kuzgi taqdimotiga taklifnomalarni yubordi, deb yozadi The Verge. Tadbir 2026 yil 9-sentabrga rejalashtirilgan. Taqdimot Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. MacRumors jurnalistlari Apple tadbirda iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max hamda kompaniyaning ilk buklanadigan iPhone’ini taqdim etishini kutmoqda. Taqdim qilinishi kutilayotgan so‘nggi qurilma haqidagi mish-mishlar kamida 2024 yildan beri tarqalib kelmoqda. Nashrlar bazaviy iPhone 18ni faqat 2027 yilda, ehtimol iPhone 18e va iPhone Airning ikkinchi avlodi bilan birga taqdim etilishini kutmoqda. Sentabr oyidagi tadbir apparat ishlab chiqish bo‘yicha katta vise-prezident Jon Ternus uchun Apple bosh direktori sifatidagi ilk taqdimot bo‘ladi. U 2026 yil 1-sentabrdan rasman lavozimga kirishadi va Tim Kukning o‘rnini egallaydi. Kuk esa kompaniya direktorlar kengashining ijrochi raisi bo‘ladi.
Kiritildi: 15:32 27.08.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!