Chakana savdoda hamda internet do‘konlarida smartfon sotish bo‘yicha Huawei Rossiyada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Vedomostyam» nashri Rossiyadagi smartfon yetkazib beruvchi yirik riteylerlarga asoslanib bu to‘g‘rida xabar tarqatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning iyun oyida Huawei kompaniyasi internet orqali Rossiyada smartfon sotish bo‘yicha Apple hamda Samsung kompaniyalaridan o‘zib ketgan. Bunda nafaqat kompaniya tashkil qilgan turli aksiya hamda chegirmalarning, balkim turli darajali yangi smartfonlarning ham o‘rni yuqori.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning Xitoy smartfon brendlariga ishonchi tobora oshib bormoqda. Qidiruv platformalarida ham foydalanuvchilar eng ko‘p Xitoy smartfon modellarini qidirmoqdalar.
Manba: terabayt.uz