Google Pay ortidan Apple Pay to‘lov xizmati ham O‘zbekistonda ishga tushishi kutilmoqda. Tizim O‘zbekistonda 27 oktyabrdan ishga tushishi rejalashtirilmoqda.
Apple kompaniyasi to‘lov xizmatini bir vaqtning o‘zida bir nechta bankda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ayrim banklar allaqachon texnik tayyorgarlikni yakunlagan.
Apple Pay iPhone va Apple Watch orqali bank kartasini olib yurmasdan, kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.