Kompaniya Self Service Repair dasturini e’lon qildi. Apple mijozlariga original qismlarni, ta’mirlash vositalarini va ko‘rsatmalarni sotishni boshlamoqchi.
Dastlab, taklifdan faqat iPhone 12 va iPhone 13 egalari foydalanishi mumkin bo‘lsada, keyinchalik kompaniya Mac kompyuterlarini ta’mirlash uchun butlovchi qismlarni taqdim etadi. O‘z-o‘zini ta’mirlash kafolatni bekor qilmaydi, agar ta’mirlash jarayonida egasi uni shikastlamasa.