Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Apple kompaniyasi jarimaga tortildi

Apple kompaniyasi jarimaga tortildi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzgani uchun Apple kompaniyasini 390 ming funt jarimaga tortdi.

Buyuk ​Britaniya moliya idorasining rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, jarimani AQSh texnologik gigantining Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘linmasi – "Apple Distribution International Limited" (ADI) kompaniyasi to‘lashi shart.

​Ushbu jazo chorasi ADI tomonidan 2022 yilning iyun va iyul oylarida Rossiyaning "Okko" striming servisiga o‘tkazilgan umumiy qiymati qariyb 636 ming funtlik ikkita to‘lov uchun qo‘llandi.

​Britaniya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, "Okko" Rossiyaning "Novie vozmojnosti" kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 2022 yil mayiga qadar unga davlatga qarashli "Sberbank" egalik qilgan. London Ukrainadagi urush sababli har ikkala tuzilmaga nisbatan Apple to‘lovlarini amalga oshirguniga qadar sanksiyalar joriy etib bo‘lgan edi.

​Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvarida Apple bozordagi monopol mavqeini suiiste’mol qilish aybi bilan Rossiya byudjetiga 12,3 mln dollar miqdorida jarima to‘lagan edi.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!