«Kristal Pelas» o‘z tarixidagi ilk yevrokubok sovrinini nishonlamoqda. Londonliklar Konferensiyalar ligasi finalida «Rayo Valyekano»ni minimal hisobda (1:0) mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylanishdi.
Shu tariqa, «Kristal Pelas» nafaqat sovrinni qo‘lga kiritdi, balki 2026/2027 yilgi mavsum uchun Yevropa ligasiga yo‘llanmani ham naqd qildi. Ta’kidlash joizki, «burgutlar» Premyer-ligada 15-o‘rinni egallab, chempionat orqali yevrokuboklarga chiqa olmagandi.
Kelgusi mavsumda Angliya Premyer-ligasidan to‘qqizta jamoa yevrokuboklarda ishtirok etadi:
Chempionlar ligasi: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Liverpul».
Evropa ligasi: «Bornmut», «Sanderlend», «Kristal Pelas».
Konferensiyalar ligasi: «Brayton».