Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

APL. “Manchester Yunayted” “Liverpul”dan ustun keldi va YECHL yo‘llanmasini naqd qildi

APL. “Manchester Yunayted” “Liverpul”dan ustun keldi va YECHL yo‘llanmasini naqd qildi

Angliya Premyer-ligasi 35-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Liverpul» uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli kechgan bahsda mankunianlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uyin Manchester shahridagi «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Mateus Kunya hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 14-daqiqada Benyamin Sheshko «qizil iblislar»ning ikkinchi golini urdi. Tanaffusdan so‘ng, 47-daqiqada Dominik Soboslai mehmonlar hisobini qisqartirdi. 56-daqiqada Kodi Gakpo hisobni tenglashtirdi. 77-daqiqada esa Kobbi Maynu mankunianlarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Ushbu natijadan so‘ng «Manchester Yunayted» 64 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Liverpul» esa 58 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

Kelasi turda «Manchester Yunayted» 9 may kuni safarda «Sanderlend»ga qarshi o‘ynaydi. «Liverpul» esa shu kuni o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.

Angliya — Premyer-liga, 35-tur
3 may 2026 yil, yakshanba.
«Manchester Yunayted» (Manchester) — «Liverpul» (Liverpul) 3:2
Gollar: Kunya 6', Sheshko 14' — Soboslai 47', Gakpo 56', Maynu 77'

Kiritildi: 23:52 03.05.2026. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!