Futbol insayderi Devid Ornshteyn Angliya Premyer-ligasi klublarining «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy mojaroga munosabati haqida ma’lumot berdi.
«Shaharliklar» 2009–2023 yillar davomida moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.
«Klublarning aksariyati qattiq g‘azabda, chunki ular o‘zlarini jabrlanuvchi deb hisoblamoqda.
Ular qasos olishni, ehtimoliy sud da’volari orqali javob qaytarishni istamoqda», — deya Ornshteynning so‘zlarini keltiradi utdreport ijtimoiy tarmoqlarda.
«Manchester Siti»ga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi hozircha noma’lum.
Ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida klubni ochkolardan mahrum qilish, qo‘lga kiritgan chempionlik unvonlarini bekor qilish hamda Angliya Premyer-ligasidan chetlatish bor.