Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Yamanning Hudayda portida yana harbiy operasiyalar olib borishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Xabar.uz» sayti.
BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Qoraqosh BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Martin Grifftisning «Ansorulloh» harakati a’zolarini Hudayda mavzusida ko‘ndira olmasa, bu shaharda yana harbiy operasiyalar amalga oshirilishini aytdi.
BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili o‘tgan hafta Hudayda shahrini to‘qnashuvlardan asrash maqsadida siyosiy yechim rejasini taqdim etgan edi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kaolision kuchlar bir muddat avval Hudaydada harbiy operasiyalarni to‘xtatgan edi.
Manba: zamin.uz