Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Antiqa xizmat paydo bo‘ldi: bir kunga gid-kuyov taklif qilinadi

Antiqa xizmat paydo bo‘ldi: bir kunga gid-kuyov taklif qilinadi

Amsterdamda o‘zgacha bir ekskursiya paydo bo‘ldi: turistlarga bir kunga mahalliy fuqaro bilan turmush qurish va shaharni o‘rganish uchun qisqa muddatli asal oyiga yo‘l olish taklif qilinadi. Bu haqda RIA Novosti The Guardian asosan xabar qildi.

Shu kuni mehmonlar nafaqat Niderlandiya poytaxtini tomosha qiladi, balki mahalliy aholi mentaliteti bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Shuningdek, sayyohlar bilan gavjum bo‘lmagan tumanlarga borish imkoniyatini beradi.

O‘tgan yili Amsterdamga 20 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi.

Bir kunga gollandiyalik bilan to‘y rol-o‘yini – turistlarga shaharning turbiznes vakillari taklif qilishdi. 5 iyun kuni Postxorn cherkovida turist va mahalliy fuqarolar o‘rtasida ko‘plab nikoh marosimlari o‘tkazildi.

Tadbirning narxi 100 yevroga yaqin. Bu qiymatga to‘y va bir kunga kuyov-gid xizmati kiradi.

Hammada dasturlar har xil: ishtirokchilar shahardagi eng antiqa tungi klublarda o‘tkazishi mumkin yoki yaqin qishloq hayotini ko‘rishi mumkin. Hammasi istaklarga bog‘liq.

 

Kiritildi: 16:23 06.06.2019. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!