YHXX xizmati matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshev @SputnikUzbek matbuot markazida ma’lum qilishicha, 50 yildan oshgan transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqariladi.
Uning aytishicha, ushbu choralar havo ifloslanishining oldini olish va sodir bo‘layotgan YTHlarni kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.
"Agar transport vositasining asl holati, kuzov ko‘rinishi va asosiy agregatlari yaxshi saqlangan bo‘lsa, ularga alohida toifadagi davlat raqam belgilari beriladi", — dedi u.