Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Anor" ta’mli ichimlik tarkibida zaxarli moddalar aniqlangani rost(mi)? Munosabat bildirildi

"Anor" ta’mli ichimlik tarkibida zaxarli moddalar aniqlangani rost(mi)? Munosabat bildirildi

Internet tarmoqlari orqali Qirg‘iziston Respublikasida Afg‘oniston Respublikasida ishlab chiqarilgan "Anor" ta’mli ichimlik tarkibida zaxarli moddalar aniqlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu mahsulot O‘zbekiston Respublikasiga ham olib kirilgan. Har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib keltirilgan mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan.

Keltirilgan mahsulotlar tarkibida zaxarli yoki inson salomatligi zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan.

Hozirda Afg‘oniston respublikasida ishlab chiqarilgan "Anor" ta’mli maxsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va iste’mol qilish oqibatida zaxarlanganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Kiritildi: 20:48 05.07.2024. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!