Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Anor iste’mol qilgan ayol nega vafot etdi?

A A A
Anor iste’mol qilgan ayol nega vafot etdi?

Avstraliyada 64 yoshli ayol Misrda yetishtirilgan, muzlatib qo‘yilgan anor tarkibida bo‘lgan A gepatiti bilan zaharlanganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda «Bi-bi-si» Avstraliya Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Avstraliya hukumati aprel oyida fuqarolarni Misrdan olib kelingan, Avstraliya kompaniyasi tomonidan yetishtirilgan muzlatilgan anorlar partiyasida A gepatiti virusi bo‘lishi mumkin ekanidan ogohlantirgan. Avstraliyada yetishtirilgan va yangi anorlarda infeksiya topilmadi.

Partiyadan taxminan 2000ta paket sotilgan. Avstraliyaliklarga shubhaga sabab bo‘luvchi mahsulotni yo‘q qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, anorlar tufayli virusni yuqtirib olgan yana 24 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

manba: kun.uz

Kiritildi: 12:19 06.06.2018. O'qildi: 2207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik