Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Anomal issiqlik sababli yanvar oyida gilos gulladi

A A A
Anomal issiqlik sababli yanvar oyida gilos gulladi

Vankuver orolida kuzatilgan issiq ob-havo gilos daraxtlarining erta gullashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ob-havo ma’lumoti prognoziga ko‘ra, 28 yanvar kuni orolda 7 8 daraja issiq bo‘lgan. Mahalliy aholining aytishicha, ob-havo eng issiq bo‘lgan yilda giloslar fevral oyidan erta gullamaydi. Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, Vankuver orolidagi bunday issiq ob-havo kamida yana bir hafta davomida saqlanib qoladi.

Kanadaning boshqa hududlarida esa daraxtlar gullashiga hali bor. Kvebek, Ontario va Saskachevan provinsiyalarida havo harorati 18-25 darajada sovishi kuzatilmoqda. Ontario provinsiyasida esa yaqinda so‘nggi hafta davomida eng past harorat -47 darajada bo‘lganligi qayd etilgan.

Kiritildi: 15:17 29.01.2019. O'qildi: 3383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik