Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Anjey Duda safar boshladi, maqsadi...

A A A
Anjey Duda safar boshladi, maqsadi...

Polsha prezidenti Anjey Duda janubiy Yevropa davlatlarini Ukrainaga YEI a’zoligiga nomzod maqomi berilishini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirish maqsadida safar boshladi.

Qayd etilishicha, Duda bilan birga Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova ham borishi kerak edi, biroq unga kovid testini ijobiy natijasi to‘sqinlik qilgan.

Duda birinchi bo‘lib Portugaliyaga boradi. U yerda bosh vazir Antonio Kosta bilan uchrashadi, so‘ng prezident Serjio Mattarella bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga jo‘naydi. Keyin Polsha rahbari Buxarest Nine sammitida ishtirok etish uchun Ruminiyaga keladi.

Duda Ukrainaning YEIga a’zo bo‘lish istiqbollarini muhokama qilishdan tashqari, bloklangan Ukraina portlari masalasini ham ko‘taradi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:16 08.06.2022. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik