Mashhur aktrisa Anjelina Joli uch marta turmushga chiqqan bo‘lib, hozirda olti farzandning onasi. Aktyor Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin aktrisa yana bir mashhur yulduz Kianu Rivz bilan uchrashishni boshladi.
Xorij ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, aktyor Jolining farzandlari bilan ham til topishishga ulgurgan.
Ularning o‘zaro aloqalari haqidagi mish-mishlar taxminan bir yil oldin paydo bo‘lgan. O‘shanda ularni birgalikda yunon kurortida ko‘rishgandi. Bundan oldin esa juftlik munosabatlariga izoh berishdan bosh tortishgandi, lekin endi tan olishga majbur bo‘lishdi.