Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Anidijonda 40 ming dollarni oyoq kiyim ichiga yashirgani fosh bo‘ldi

Anidijonda 40 ming dollarni oyoq kiyim ichiga yashirgani fosh bo‘ldi

Naqd xorijiy valyutalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga piyoda holda chiqib ketayotgan fuqaro D.K.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning oyoq kiyimlarining har bir poyida 20 000 AQSh dollaridan – jami bir juft oyoq kiyimda 40 000 AQSh dollari  ustamonlik bilan yashirilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:20 08.01.2020. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!