Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Angrenda dam olgani kelgan fuqaroning muzlab qolgan jasadi topildi (FOTO +18)

Angrenda dam olgani kelgan fuqaroning muzlab qolgan jasadi topildi (FOTO +18)

Angrenda dam olgani kelgan fuqaroning muzlab qolgan jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Aniq.uz'ga xabar berdi.

2022 yil 10 yanvar kuni Angren shahar IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, soat 12:15 larda Angren shahar, Lashkarak m.f.y.da joylashgan eski Angren IYESga qarashli dam olish maskaniga chiqilganda ushbu dam olish maskanining pastki tomonidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish uchun kelgan fuqaro 04.04.1951 yilda tug‘ilgan R.A.ning muzlagan holatdagi jasadi topilgan.

Angrenda dam olgani kelgan fuqaroning muzlab qolgan jasadi topildi (FOTO +18)

Hodisa joyiga Angren shahar prokurori o‘rinbosari A.Gulmuradov, shahar prokuraturasi katta tergovchisi L.Iskandarov, shahar IIB boshlig‘i A.Aripov hamda tezkor guruh xodimlari chiqishgan.

10 yanvar kuni ushbu holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, R.A.ning o‘limiga "Umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmning umumiy sovuq qotishi, miya va o‘pka shishi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi" sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 14:15 12.01.2022. O'qildi: 6059 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!