Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Angliyalik erkak o‘lganidan uch yil o‘tib ota bo‘ldi

Angliyalik erkak o‘lganidan uch yil o‘tib ota bo‘ldi

Angliyaning Bristol shahrida istiqomat qiluvchi ayol uch yil oldin vafot etgan eridan sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Lyusi Kelsoll Devidga 2012 yilda turmushga chiqqandi. Er-xotin darhol farzand ko‘rishga harakat qilishmadi. Ammo keyinroq Devidga dahshatli tashxis qo‘yildi — saraton. Shundan so‘ng er-xotin embrionlarni muzlatishga qaror qilishdi, maqsad eri o‘lgan taqdirda Lyusi EKO usuli orqali homilador bo‘lishi kerak edi.

2017 yilda Devid bo‘ynidagi o‘simta tufayli vafot etdi. «O‘limidan bir necha kun oldin men unga farzand hadya qilaman dedim, — deb eslaydi 37 yoshli Lyusi. — Bu uni juda xursand qildi. U ajoyib ota bo‘lardi.

2019 yilda ikkinchi EKOdan so‘ng, Lyusi egizaklarga homilador bo‘ldi. Bolalarga Devid va Samuel deb ism qo‘ydi. “Men har kuni bolalarga otalari haqida aytib beraman. Bundan tashqari, menda Devid bilan tushgan suratlarim yig‘ilgan foto albom bor, — deydi Lyusi. — Farzandli bo‘lganimiz Devid abadiy qalbimizda qolishini tasdiqladi".

Kiritildi: 09:25 13.08.2020. O'qildi: 8160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!