Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Angliyalik ayol nega islom dinini qabul qildi?

A A A
Angliyalik ayol nega islom dinini qabul qildi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Islomdek oson tushuniladigan va kishini jasoratlantiradigan boshqa bir din mavjud emas. Hayotda inson ruhini rohatga erishtiradigan, insonga o‘z hayotidan mamnun holda umr kechirishni ehson qiladigan va o‘lgandan so‘ng abadiy saodatga muvaffaq etadigan birdan-bir din Islomdir.

Inson Alloh taolo yaratgan turli maxluqlardan biridir. Muhaqqaq, boshqa maxluqlar bilan orasida bir bog‘ mavjuddir. Inson mohiyat e’tibori bilan Alloh taolo yaratgan maxluqlarning eng mukammalidir. Bunday fazilatga sabab uning ruhidir. Insonni ruhi uni doimo yanada yuksaklarga olib chiqishga intiladi-yu, ruhni poklaydigan va yuksaltiradigan birdan-bir vosita esa dindir.

Karlelning Qahramonlar va qahramonlarga sig‘inganlar asaridan: Insonning dini uning qalbi iymon keltirgan bir xusus, uning eng yorqin sifatidir. Din shunday bir narsaki, insonning qalbiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib boradi. Uning dunyodagi faoliyatini belgilaydi. Uning vazifasini bildiradi. Borar yo‘lini ko‘rsatadi, uning oqibatini belgilaydi .

Cherstonning O‘ylab ko‘rilsa kitobidan: Din bir insonning o‘z borlig‘ida yoki boshqalarning borlig‘ida nimalar mavjud ekanligi haqida qo‘lga kiritgani eng oliy haqiqatning ifodasidir .

Hayotda hamma bir necha martalab o‘zi bilmagan, tushuna olmagan va izohlay olmagan masalalardga yuzma-yuz keladi. Ana shunday masalalarni insonlarga izohlab beradigan, unga iymon kuchi va e’tiqod, ishonch baxsh etadigan birdan-bir haqiqat, shubhasiz dindir.

Men nima uchun islom dinini dunyodagi dinlarning eng mukammali va haqi deb ishonaman? Buni shunday izohlayman:

Avvalo Islom ulug‘ va yolg‘iz Allohdan boshqa ma’bud yo‘qligini, Uning tug‘ilmagan va tug‘ilmasligini va Unga o‘xshash hech bir yaratuvchi mavjud emasligini ma’lum qiladi. Alloh taoloning borligini, birligini va azamatini faqat Alloh taologa munosib bir azamat bilan ifodalagan boshqa hech bir din mavjud emas. Qur’oni karimda Hud surasining 4-oyatida:

(Ey qullarim!) qaytishingiz faqat Mengadir. Alloh har narsaga qodirdir .

Isro surasining 55-oyatida esa: Alloh ko‘klardagi va yerdagi maxluqotlarning holini eng yaxshi bilguvchidir deya marhamat qilinadi.

Qur’oni karimning boshqa barcha suralarida doimo Uning yolg‘iz yaratuvchi ekanligidan, abadiy ekanligidan, har narsaning Unga ma’lum ekanligi, eng to‘g‘ri hukm chiqaradigan hokim, eng ulug‘ madadkor, eng marhamatli holiq, eng buyuk afv etuvchi ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Bularni o‘qigan sayin insonning Alloh taologo qanday yaqinlashishini, Uning qarshisida qanday ojiz qolishini va Uning lutfiga qanday sig‘inishni Sizga ta’riflashdan ojizman.

Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimning Hadid surasi 57-oyatida shunday marhamat qiladi: Bilingki, Alloh yer yuzini (qurg‘oqchilik bilan) o‘ldirgandan so‘ng yomg‘ir bilan) tiriltirur. (O‘lik qalblarni ham xuddi shuningdek zikr va tilovatbilan tiriltiradi). Tafakkur qilarsiz, deya bularni ochiq dalillar bilan sizga bayon etdik .

Bu muqaddas so‘zlarni o‘qigandan so‘ng inson o‘zining ulug‘ Yaratuvchisiga qanday ishonmasligi va Unga sig‘inmasligi mumkin? Bular inson hayoti bo‘yicha ustida uni muhofaza etadigan so‘ngsiz marhamatli bir Holiqning mavjudligini his etib huzurida bo‘lishi va Haq yo‘ldan yurishi uchun nahotki kifoya qilmaydi?

Islom o‘zining haq din ekani va o‘zidan avval kelgan dinlarning hamma yaxshi jihatlarini mujassam etganini ochiq-oydin ma’lum qiladi. Bu haqiqatni muqaddam kitob Qur’oni karim ham tasdiqlaydi. Haqiqatda agar Alloh taolo bilan bandasi o‘rtasida muntazam bir munosabat tuzishi, jismoniy va ruhoniyxususiyatlarni ohangli ravishda o‘zaro birlashtirishni, dunyo va oxiratda huzur va halovatda yashashni istasak, muhaqqaq, Islom dinini qabul qilmog‘imiz lozim. Faqat va faqat islom yo‘li bilan ruh va badan kamolotiga erishib bo‘ladi.

Nasroniylik esa, faqat ruhiyat va vijdon masalasi bilan mashg‘ul bo‘lib, bu dingamansub bo‘lganlarning yelkasiga ular ko‘tara olmaydigan ma’naviy va vijdoniy mas’uliyatlarini yuklaydi. Nasoro dini insonni gunohkor deb biladi va undan aql va mantiqqa mos kelmaydigan kafforatlar talab qiladi. Bundan farqli o‘laroq, islom dini faqat sevgiga Alloh sevgisiga asoslanadi. Ilm odamlari nasroniydiniga mansub insonlarning turli ruhiy holatlarini tadqiq etsalar, ularning zimmalariga yuklatilgan bu og‘ir mas’uliyatlar orasida balki Alloh sevgisidan bir parchagina topilar. Ammo ana shu bir zarralik sevgi asarini ham sonsiz xurofotlar orasida qanday g‘oyib bo‘lganin ko‘rib g‘amgin bo‘lishlari muqarrar.

Islomiyat esa bizga yolg‘iz Allohni sevib, Unga ibodat qilishimizni Uning rizosiga intilishimizni, faqat Unga itoatda bo‘lishimizni, boshqa tomondan esa faqat o‘z aqlimiz va mantiqimizni ishga solib yo‘l tutishimizni amr etadi. Nasroniylikda bir zarra haqiqat qolgan bo‘lsa, Islomda har narsa haqiqatga asoslanadi.

Islomiyat menga haqiqat yo‘lini ko‘rsatdi va jasorat berdi. Dunyoda huzur va rohatda yashamoq, oxiratda esa, saodatga erishmoq uchun musulmon bo‘lishdan boshqa yo‘l yo‘qdir.

Mas’uda Stinman (Angliya)

Kiritildi: 12:14 29.12.2018. O'qildi: 4014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik