Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi: "Xavi ketsa, "Barselona" boshiga "MYu"ning kuni tushadi"

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi: "Xavi ketsa, "Barselona" boshiga "MYu"ning kuni tushadi"

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauchning fikricha, agar bosh murabbiy Xavi Ernandes ist’efoga chiqarilsa, kataloniyaliklar qiyin kunlarga duch kelishi mumkin.

"Agar u ketsa, klubga qiyin bo‘ladi. Aleks Fergyuson ketganidan keyin "Manchester Yunayted"da ham shunga o‘xshash narsa yuz berdi. Hozir bu avvalgi "MYu" emas. Shunga o‘xshash narsa "ko‘k-anorranglilar" bilan sodir bo‘lishi mumkin. "Barselona"da avvalgidek katta nomlar yo‘q, ammo muxlislar armiyasi bor. Ular jamoadan eng yuqori saviyada o‘ynashini kutishmoqda, ammo hozircha bunga erishib bo‘lmaydi", - dedi Krauch Daily Mail nashriga.

Bir kun avval “Barselona” UYEFA Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida “PSJ”ni mag‘lub etdi (3:2).

Kiritildi: 13:22 11.04.2024. O'qildi: 1819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!