Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angela Merkelda koronavirus aniqlanmadi, ammo...

A A A
Angela Merkelda koronavirus aniqlanmadi, ammo...

Germaniya kansleri Angela Merkelning COVID-19 koronavirusi uchun birinchi sinovi salbiy bo‘ldi, ya’ni Kansler xonimda koronavirus aniqlanmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

«Bugungi sinov natijasi salbiy», dedi Germaniya hukumati vakili Stefen Zayert. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda boshqa testlar ham o‘tkaziladi.Hozirda siyosatchining ahvoli yaxshi va u ishlashda davom etmoqda, deya ta’kidladi Zayert.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus bilan kasallangan oilaviy shifokor bilan aloqa qilganidan keyin karantinga tushgandi.

 

Kiritildi: 08:50 25.03.2020. O'qildi: 3412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!