Kecha, 26 oktyabrdan e’tiboran Angela Markel rasman kanslerlikdan olindi. Yangi Bundestagning ta’sis yig‘ilishida Germaniya federal kansleri sifatida Merkelning vakolatlari rasman yakuniga yetdi, ammo yangi hukumat ish boshlaguniga qadar u o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Bundestagning ta’sis yig‘ilishi 20-chi chaqirig‘ida federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer unga va uning kabineti a’zolariga vakolatlari yakuniga yetgani haqidagi rasmiy yorliqni topshirdi. Shu bilan birga, Germaniyaning Bosh qonuni 69-moddasiga binoan Shtaynmayer Merkelni yangi hukumat o‘z ishini boshlaguniga qadar kansler vazifasini bajarishni so‘radi.
Angela Merkel 2005 yildan beri Germaniya Federativ Respublikasi hukumatini boshqarib kelmoqda edi. 2018 yil oktyabrda u 2021 yilda Bundestag saylovlarida nomzodini qo‘ymasligini e’lon qilgandi. Uning o‘rniga yangi kansler sifatida Germaniya Sosial-demokratik partiyasi rahbari bo‘lmish Olaf Shols kelishi kutilmoqda. Joriy yilning 26 sentyabrida o‘tkazilgan saylovlarda Sholsning partiyasi 25,7 foiz ovoz olgandi.