Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonlik yigit bir qizni deb pichoqlandi (VIDEO)

Andijonlik yigit bir qizni deb pichoqlandi (VIDEO)

Andijon. 2020 yilning 22 iyun kuni soat 10:00 da 25 yoshli S.N. Asaka tumani Beruniy MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida tanishi 25 yoshli D.O., ga tanish qizga nima uchun qo‘ng‘iroq qilganligini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida S.N. yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan D.O., ning o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat Asaka tumani IIB ning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar ro‘yxatidan o‘tkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N., dan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O., ni hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.O. «O‘RTACHA» og‘ir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) qo‘llash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 09:44 02.07.2020. O'qildi: 5398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!