Andijon viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 19:30larda fuqaro I.I. Andijon shahar Bunyodkor MFY joylashgan xonadonlarning birida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan O.A. bilan o‘zaro janjallashib, uning bel va tomoq qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan zarba berib, sud-tibbiy ekspertizasining hulosasiga ko‘ra, “chap bel sohasida 1,5 sm kirgan, bo‘yin dahan osti sohasida o‘tkir jism bilan yetkazilgan sanchilgan kesilgan jarohati, badanida qontalash va shilinmalar” kabi sog‘liqni uzoq muddatga buzilishiga olib kelgan “o‘rtacha og‘ir” tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.