Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijondagi yong‘inda uy egasi va nabirasi 50 foiz kuygan

Andijondagi yong‘inda uy egasi va nabirasi 50 foiz kuygan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi bog‘liq  xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

2021 yil 12 mart kuni soat 17:22 da Andijon shahar 1 kichik daha 1 ko‘p qavatli uyni 9- xonadonida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.

Sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydonda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonishi hamda chaqnashi natijasida uy egasi M.M. 50 foiz va nabirasi 2014 yilda tug‘ilgan  M.J. 50 foiz kuyish-tan jarohati bilan viloyat RSHTYOIM kuyiklar bo‘limiga joylashtirilgan. Andijon shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga soat 17:25 da yetib borib, 17:28 da yong‘in o‘rab olingan. Voqea joyiga 4 ta asosiy 1 ta maxsus yong‘in qutqaruv avtomobillari jalb etilgan. Yong‘in soat 17:40 da batamom o‘chirildi. 

Yong‘indan ko‘p qavatli uyning taxminan 1200 m2 maydonda tom qismi va qo‘shni xonadonlar saqlab qolingan. Yong‘inga 4 ta YOQElari va 1 ta AL-30 avtonarvoni jalb etilgan.

Kiritildi: 20:25 12.03.2021. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!