Andijon viloyatidagi Xartum konida joylashgan 83-quduqdan neft olindi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar bermoqda.
Mazkur quduq sutkasiga 30 kubometr neft olish imkonini beradi.
Quduq zamonaviy texnologiyalar yordamida atigi 3 oy ichida burg‘ulandi. Taqqoslash uchun, bundan oldingi 82-quduqni ishga solish uchun 18 oy ketgandi.
Yangi quduq «O‘zbekneftgaz», Xitoyning Xibu kompaniyasi va ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC hamkorligi mahsuli bo‘ldi. Yaqin orada qo‘shimcha yana 3-4 quduq burg‘ulanishi ko‘zda tutilgan.