Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonda tadbirkor o‘z joniga qasd qilgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Andijonda tadbirkor o‘z joniga qasd qilgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida faoliyat olib boruvchi "Takomil qurilish servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 20 avgust kuni Ulug‘nor tumani Bobur mahallasi Furqat ko‘chasida yashagan fuqaro V.A. Jalaquduq tumanidagi 29-sonli maktab sport zalida o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

Marhumning tanasi sud-tibbiy ekspertizasi byurosi ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyasion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jarohatlar aniqlanmagan.

Hozirda marhumning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq Andijon viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan ma’lumot bergandi. Hokimlikka ko‘ra, tadbirkorga qurilishi olib borilayotgan loyiha qiymatining 85 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkor 250 million so‘m mablag‘ini amaliy ko‘mak sifatida so‘ragan bo‘lib, uning murojaatiga javoban viloyat hokimining topshirig‘iga binoan qo‘shimcha 350 million, jami 600 million so‘m mablag‘ ajratilish masalasi belgilangan tartibda Xalq deputatlari kengashiga 10 kunlik muhokama uchun qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:35 21.08.2022. O'qildi: 6175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!