Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda MIB xodimlari maktablarga kitob sovg‘a qilmoqda (foto)

Andijonda MIB  xodimlari maktablarga  kitob sovg‘a qilmoqda (foto)

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangangan edi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qo‘shish, ta’lim muassasalarida kitob fondini boyitishga ko‘maklashish maqsadida Byuro organlarining barcha xodimlari o‘zlari tahsil olgan maktablarga badiiy adabiyotlarni taqdim qilishmoqda.

Byuroning Andijon viloyati hududiy bo‘limlari xodimlari tomonidan ham o‘zlari tahsil olgan maktablar kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish jarayoni jadal bormoqda.

Jumladan, Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimi S.Raxmonov 41-sonli maktabga 40 ta, Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari K.Qosimov o‘zi o‘qigan 3-sonli maktabga 47 ta, D.G‘ulomov 34-maktabga 45 ta, E.Abdug‘aniyev
2-son maktabga 40 ta, R.Saliyev 4-sonli maktabga 36 ta va O.Ro‘ziyev 38-sonli maktabga 34 tadan kitoblarni taqdim etishgan.

Bunday xayrli ishlar Jalaquduq, Bo‘z, Ulug‘nor, Baliqchi tumanlari hamda Xonobod shahrida faoliyat yuritayotgan byuro xodimlari tomonidan ham amalga oshirildi. Shu kunga qadar, Byuroning Andijon viloyati xodimlari tomonidan jami 1000 ga yaqin kitoblar o‘quvchilar mutolaasi uchun havola etildi.

Albatta, kitob taqdimoti doirasida kitoblarni sovg‘a qilish viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Maqsad esa yagona - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda komil insonni tarbiyalash ishlarining samaradorligi uchun o‘z hissasini qo‘shish.

MIB Andijon viloyati boshqarmasi

Kiritildi: 10:18 30.03.2019. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!