MIB Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida yana bir muhim ijro harakati muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 21.04.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 3 yoshli qizaloq javobgar S.I. dan onasi S.SH. qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.
Mazkur ish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, taraflar bilan bir necha bor muloqot qilingan. Shunga qaramasdan, sud qarori ixtiyoriy ravishda bajarilmagani sababli majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.
Ijro harakatlari davomida bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik, uning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud qarori ijrosi ta’minlanib, farzand onasiga topshirildi.