Bugun 19 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda kitobxon onalarning kommunal to‘lovlari to‘lab beriladi

Andijonda kitobxon onalarning kommunal to‘lovlari to‘lab beriladi

Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev onalar o‘rtasida kitobxonlik musobaqasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Uning aytishicha, musobaqa 20 yoshdan, 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida «Ma’rifatli ona» nomi ostida o‘tkaziladi.

«Har bir mahalladan kamida 50 ta oila qatnashadi. Umumiy oilalarning 10 foizini qamrab olib kitobxonlik tanlovini tashkil qilaylik. Bunda yosh avlodning dunyoqarashi o‘zgaradi. Ota-onasining qo‘lida kitob ko‘rsa, albatta o‘ziyam kitob o‘qiydi», – deydi tuman hokimi.

B.Yuldashevning ta’kidlashicha, tanlov yakunlari bo‘yicha uch nafar 1-o‘rin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi. Uchta 2-o‘ringa 4 oylik hamda uchta 3-o‘ringa 2 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.

Kiritildi: 12:41 29.01.2025. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!