Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi

Andijonda haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi

Andijon viloyatida Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yuborib, avtohalokat sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasi Korzinka supermarketi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan A.X. o‘zining Cobalt’ida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2014 yilda tug‘ilgan T.S.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida piyoda X.S. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan, hozirda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:50 08.07.2024. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!