Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.K. fuqaro O.ga o‘zini go‘yoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, unga tadbirkorlik faoliyati uchun mazkur bankdan 200 000 AQSh dollari imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 6 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.ning ham shu yo‘sinda 21 500 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.