Andijon viloyatida maishiy janjal qotillik bilan yakunlangani xabar qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak tovuqlar katakda bo‘lmagani sababli ammasining o‘g‘li bilan tortishib qolgan. Janjal davomida u jiyaniga pichoq bilan zarba bergan. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etgan.
Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.