Andijon viloyatidagi 218 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida rangli metall konstruksiyalari va elektr skuterlar ishlab chiqarish zavodlari qurilishi boshlandi.
Xitoy bilan hamkorlikdagi “CHINA BAOLI” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 200 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida yiliga 45 ming tonna rangli metall konstruksiyalari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona barpo etiladi. Eksport hajmi esa yillik 18 million dollarni tashkil etadi.
Loyiha 2026 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan bo‘lib, 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Elektr skuterlar ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur korxonada yiliga 2 million dona elektr skuter ishlab chiqariladi. Yiliga 5 million dollar qiymatdagi mahsulotni eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan 300 nafar andijonliklar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Loyiha 2025 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.