Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda bir guruh og‘ufurushlar ushlandi

Andijonda bir guruh og‘ufurushlar ushlandi

Andijon. 2020 yilning 26 iyul kuni soat 11:00 da IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida 26 yoshli J.T. Jalaquduq tumani Yangisor ko‘chasida 1 dona oq rangli sellofan paketga solinib qadoqlangan holdagi, og‘irligi 370 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 8.000 AQSh dollari evaziga o‘tkazayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Tadbir davomida J.T., dan kimyoviy ishlov berilgan 8.000 AQSh dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, joriy yilning 25 iyul kuni soat 22:00 da J.T. 29 yoshli N.T. (ayol) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Andijon viloyati Buloqboshi tumani o‘ramidagi qo‘riqlanishi zaif bo‘lgan hududi orqali qonunga hilof ravishda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahriga o‘tib, u yerdan dastlabki tergov davrida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan “B” ismli shaxsdan yuqoridagi “Gashish” giyohvandlik moddasini 3.200 AQSh dollariga sotib olib, 26 iyul kuni soat 05:00 da qonunga xilof ravishda takroran O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha T.J. va N.T., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlanganlar.

Kiritildi: 11:03 28.07.2020. O'qildi: 2713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!