Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda 55 148 160 so‘mlik qonunbuzarlik ochildi

Andijonda 55 148 160 so‘mlik qonunbuzarlik ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Manbamizning xabariga ko‘ra, 2018 yil 30 noyabr kuni MIB Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida Andijon tumani, Xakan MFYda joylashgan oilaviy korxonaga qarashli issiqxonada tegishli tartibda tabiiy gazdan foydalanish uchun gazlashtirish loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda issiqxonada pomidor mahsulotlarini yetishtirish maqsadida foydalanib kelganligi aniqlangan.

Oilaviy korxona rahbari M.A.ning yuqoridagi qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida Andijon tumangaz korxonasi manfaatlariga jami 55.148.160 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Oilaviy korxona rahbari M.A.ga yetkazilgan moddiy zarar 30 kunlik muddat ichida to‘liq qoplangan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi haqida ogohlantirilgan bo‘lsada, u tomonidan davlat manfaatlariga yetkzilgan zararning 8 mln. so‘m miqdoridagi qismi qoplangan. Zararning qolgan qismi qoplanmaganligi, qonunda belgilangan muddat o‘tganligi sababli, 10.01.2019 yil kuni MIB Andijon tuman bo‘limi tomonidan korxona rahbari M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Resupblikasi JKning 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:51 15.01.2019. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!