"Qayrag‘ochtosh" MFYda yashovchi, muddatidan ilgari tug‘ruq tashxisi bilan kelgan Nargiza Bekjonova bir yo‘la uch qiz va ikki o‘g‘ilni tuqdi.
SVV xabariga ko‘ra, ayni damda ona va chaqaloqlar sog‘lom bo‘lib, malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida.
Bundan oldin aynan Andijonda 4 nafar egizak tug‘ilgani haqida xabar bergan edik.