Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda 3 ta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

Andijonda 3 ta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, tumanning Ijtimoyat mahallasida «Damas» yuqori tezlikda harakatlanib kelayotib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan. Oqibatda mashina «Nexia» bilan to‘qnashgan. «Damas»ning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi tan jarohatlar olib, kasalxonada vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, «Damas» haydovchisi 3 oy oldin haydovchilik guvohnomasini olgan. YTHga uning tajribasizligi sabab bo‘lgan. Voqea joyi o‘rganilganda yo‘lga yotiq chiziqlar chizilgani, yo‘l chiroqlari va belgilari o‘rnatilgani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 20:50 28.07.2021. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!