Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijon va Belarus o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik kengaymoqda

Andijon va Belarus o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik kengaymoqda

Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Belarus Respublikasining Vitebsk viloyati mas’ullari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.

Mazkur kelishuvga muvofiq, Andijon viloyatidagi texnikumlarda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar uchun Vitebsk viloyatidagi yetakchi ta’lim muassasalarida o‘qish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari yaratiladi.

Hamkorlik doirasida asosiy e’tibor o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, xorijning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratiladi.

Ushbu kelishuv andijonlik yoshlar uchun xalqaro ta’lim va amaliy tajriba maydonini kengaytirib, ularning kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Kiritildi: 20:05 18.10.2026. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!