Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishlari hamda ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, 2021 yil 22 avgustdan boshlab, “Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida 660/659-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatining xabar qilishicha, haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o‘tib, Termiz shahriga yetib boradi.

Shuningdek, 659-sonli yo‘lovchi poyezdi 23 avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Kiritildi: 16:08 19.08.2021. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!