Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Anchelotti Neymarni JCH-2026 qaydnomasiga kiritishga majbur bo‘ldi

Anchelotti Neymarni JCH-2026 qaydnomasiga kiritishga majbur bo‘ldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomaga kiritdi.

34 yoshli futbolchi 2023 yildan beri milliy jamoa safida maydonga tushmagan bo‘lsa-da, baribir mundialga yo‘l oladigan bo‘ldi. «MatchDay Central» nashrining xabar berishicha, Anchelotti dastlab Neymarni chaqirishni rejalashtirmagan, biroq Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng o‘z qarorini o‘zgartirgan. CBF vakillari muxlislar va homiylar tomonidan bo‘layotgan bosim sababli «Santos» hujumchisini taklif etish zarurligini faol ravishda talab qilishgan.

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: Bugun 09:48. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!