Dunyo global bedorlik vabosi yoqasida turibdi, deya ma’lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Xelsinki universiteti shifoxonasi shifokorlari ish joylarida xodimlarga tushlikdan so‘ng mizg‘ib olinishiga ruxsat berilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblashmoqda.
Tig‘iz ish jadvali, ishga qatnashdagi yo‘lning uzoqligi, hayot sur’atining tezlashgani bularning barchasi har bir kishi hayotida uyquning kamayishiga olib keladi. Kamuyqulik esa bir necha o‘nlab kasalliklarga, hatto o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.