AQShning Jorjiya shtatidagi Lilbern shahrida noxush voqea sodir bo‘ldi.
“NBC”ning yozishicha, maktablardan birida o‘quvchi dars paytida o‘qituvchisiga pichoq bilan tashlangan. Oqibatda o‘qituvchi jarohat olgan va tezda kasalxonaga olib kelingan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi.
O‘quvchi hozirda hibsga olingan. Tergov jarayonlari davom etmoqda.