Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qildi va va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni o‘ng oyoq barmog‘ida infeksiya borligi sabab maydonga tusha olmagan Krishtianu Ronaldu o‘yinni tribunada o‘tirib kuzatib bordi. 35 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori karantin qoidalariga zid ravishda niqobsiz o‘tirgan paytda tashkilotchilardan biri kelib uni ogohlantirdi.
Futbolchi shundan so‘ng niqobini taqib olib, o‘yinni kuzatishda davom etdi.