Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Putin yana ro‘yxatga kiritilmadi

Ana xolos! Putin yana ro‘yxatga kiritilmadi

Amerikaning Time jurnali 2020 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Bu yil bitta rus ham reytingga kiritilmadi. Jurnal Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun biron bir toifada joy ajratmadi.

Shunday qilib, Time ketma-ket uchinchi yil davomida Rossiya rahbarini dunyodagi eng nufuzli 100 kishining ro‘yxatiga kiritmadi. Bungacha Putin siyosatchilar, ishbilarmonlar va jamoat arboblarini o‘z ichiga olgan "Liderlar" nominasiyasida ushbu ro‘yxatda bo‘lgan.

Barcha nomzodlar toifalarga bo‘lingan. "Liderlar" tarkibiga AQSh prezidenti Donald Tramp, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro va Germaniya kansleri Angela Merkel kirdi.

Bungacha Putin olti marta ro‘yxatga kiritilgan (2015, 2016 va 2017 yillarda ketma-ket uch yil). 2007 yilda nashrning xalqaro versiyasi Putinni yil kishisi deb tan oldi.

Kiritildi: 14:52 23.09.2020. O'qildi: 5525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!